Kelibdi

Ялла, Ziyoda - Kelibdi

Yor uyiga kelin poshsho ibo bilan kelibdi,
Kuyov to‘ra yuragida shifo bilan kelibdi.

Asta-asta qadam bosar, qutlug‘ bo‘lsin qadamlar,
Asta-asta qadam bosar, qutlug‘ bo‘lsin qadamlar,
Hayo bilan, xirom aylab, humo bilan kelibdi.

Kelibdi, kelibdi, humo bilan kelibdi,
Kelibdi-yo, kelibdi, humo bilan kelibdi.

To‘y oqshomi xonadonga nur taralib bir zumda,
To‘y oqshomi xonadonga nur taralib bir zumda,
Go‘yo tunda quyosh chiqib, ziyo bilan kelibdi.
Nazokati, chiroyi yoshligiga nur qo‘shib,
Andisha-yu odob degan sarpo bilan kelibdi.

Kelibdi, kelibdi, humo bilan kelibdi,
Kelibdi-yo, kelibdi, humo bilan kelibdi.

Uzukka ko‘z solgan misol kuyov bola yonida,
Go‘yo kuyov Tohir bo‘lib, Zuhro bilan kelibdi.
Sevgi baxtin ko‘z-ko‘z etar, ko‘z tegmasin baxtiga,
Sevgi baxtin ko‘z-ko‘z etar, ko‘z tegmasin baxtiga,
Boshiga baxt qushi qo‘nib, humo bilan kelibdi.

Kelibdi, kelibdi, humo bilan kelibdi,
Kelibdi-yo, kelibdi, humo bilan kelibdi.

Bu dargohdan ketmas bo‘lib kelgan bo‘lsin, e, Mo‘min,
Bu dargohdan ketmas bo‘lib kelgan bo‘lsin, e, Mo‘min,
Yuragida ahdu paymon, vafo bilan kelibdi.
Nazokati, chiroyi yoshligiga nur qo‘shib,
Andisha-yu odob degan sarpo bilan kelibdi.

Kelibdi, kelibdi, humo bilan kelibdi,
Kelibdi-yo, kelibdi, humo bilan kelibdi

Исполнитель: 
Теги: